Ukrainadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasi doirasida Polshaning Katovitse shahridan uchgan uchinchi reysda 12 nafar bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar bilan birga jami 253 nafar fuqaro bor edi. Bu bilan «Uzbekistan Airways» yordamida Ukrainadan kelgan o‘zbekistonliklar soni 762 nafarni tashkil etdi. «Xabar.uz» ijodiy guruhi yo‘lovchilar bilan suhbatlashdi.
Yurtdoshlarimiz O‘zbekiston hukumatining tezkor yordamidan minnatdor ekanliklarini takror-takror tilga olishdi. Ular urush hududidan chiqishlari oson kechmaganini ta’kidlashdi. Urush yaratgan qiyinchiliklar O‘zbekistonning Ukrainadagi va Polshadagi elchixonalari sa’y-harakati bilan yengilgani alohida urg‘ulandi.
«Endi O‘zbekistondan hech qayoqqa chiqmayman», — dedi farg‘onalik Shahnozaxon Turg‘unova ko‘zda yosh bilan. — «Prezidentimizning umri uzoq bo‘lsin. Biz Xarkov shahrida edik. Portlaganda oynalar sinib, bolalar chirqillab qolishdi. Bolalarga salyut otilyapti, dedik. Yangi yilda salyutni ko‘rgan edilar. Uch kun podvalda yotdik. Yeb, ichganimiz, hammasi shu yerda bo‘ldi. Bang‘illab otilgani zahoti yerga yotib olamiz...»
Ayolning kechinmalari va safardoshlari aytganlari bilan videolavhada tanishing.
Ukraina1, O‘zbekistonliklar evakuatsiyasi1, Uchinchi reys1, Polsha1, Tezkor yordam1, O‘zbekiston hukumati1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?