date 23:00 / 03.03.2022
views 1 208

Qashqadaryoda tergovchiga 1300 dollar pora bergan korxona operatori ushlandi

Qashqadaryoda tergovchiga 1300 dollar pora bergan korxona operatori ushlandi
Qashqadaryoda neft mahsulotlarini saqlashga moslashgan korxona rahbariyatining ancha miqdorda neft mahsuloti yoʻqolgani haqidagi bildirish xatiga asosan, Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv harakatlari davomida MChJ operatori Sh.U. bilan olib borilgan surishtiruvlar jarayonida u qilmishini yashirish maqsadida ishni oʻz foydasiga hal etish va jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik evaziga IIB tergovchisiga 2 ming dollar miqdorida pora taklif qilgan. Tergovchi unga pora berish va olish jinoyat ekani, jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida tushuntirishlariga qaramasdan, Sh.U. pora taklif etavergan.

Ushbu holat yuzasidan mayor T.Rajabov pora taklif qilayotgan shaxsga qonuniy chora koʻrishni soʻrab, viloyat IIB rahbariyati nomiga bildirgi bergan.

1 mart kuni holat yuzasidan IIV ShXBB Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbirda Sh.U. Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB katta tergovchisi T.Rajabovga 1,3 ming dollar bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Sh.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat