DXXga ishga kiritish uchun 50 ming dollar olgan shaxs ushlandi

DXXga ishga kiritish uchun 50 ming dollar olgan shaxs ushlandi
DXX bir qator viloyatlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi.

Jumladan, Samarqandda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam bir necha bor sudlangan shaxs tanishlari orqali fuqaroni DXX idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 50 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Namanganda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining harbiy xizmatchisi o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar idoralariga ishga kiritib qo‘yish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar