17:05 / 04.03.2022
1 849

O‘zbekistonda rubl bo‘yicha maqbul koridor bekor qilindi

O‘zbekistonda rubl bo‘yicha maqbul koridor bekor qilindi
Foto: Ntv.ru
Rubl bo‘yicha maqbul koridor bekor qilindi.

«Banklardan kelayotgan ma’lumotlarga qaraganda, maqbul kurs deyilgan rubl uchun imtiyozli koridor bekor qilingan», deb yozmoqda iqtisodchi Otabek Bakirov.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda rubl kursi bo‘yicha tavsiyaviy koridor belgilangan 3 mart kuni banklar 5,5 mln rubl sotib olishgan bo‘lsa, 60,2 mln rubl sotishgan.

3 mart kuni Markaziy bank tijorat banklariga rubl ayirboshlashni to‘xtatib qo‘ymaslik, sotib olish va sotish kursi o‘rtasidagi farqni «maqbul darajada» saqlab turishni «tavsiya etgandi». Iqtisodchilar bu qarorni «rubldagi barcha risklarni so‘mga yuklash» deb ta’riflab, O‘zbekistonga «vagonlarda rubl kirib, vagonlab dollar chiqib ketishi»dan ogohlantirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda rubl bo‘yicha maqbul koridor bekor qilindi