date
views 1 248

Toshkentda Spark yoʻlini toʻsib qoʻygan Matiz haydovchisi kaltaklandi

Toshkentda Spark yoʻlini toʻsib qoʻygan Matiz haydovchisi kaltaklandi
Toshkentning Chilonzor tumanida Spark haydovchisi va uning sherigi harakatlanish vaqtida yoʻlini toʻsib oʻtgan Matiz haydovchisini kaltakladi. Bu haqda «Yoshlar» telekanalining «Yangi davr» informatsion dasturida ma'lum qilindi.

20 fevral kuni Chilonzor tumanidagi Qatortol koʻchasidan Muqimiy koʻchasi boʻylab harakatlanayotgan Matiz avtomobili Spark’ning yoʻlini toʻsib oʻtgan. Bundan gʻazabga tushgan Spark egalari Matiz’ni quvib etib, oʻzaro tortishuvdan soʻng, haydovchini doʻpposlab ketgan.

«Soat 00:00 larda Chilonzor 2-dahasida chorrahadan burilayotganimizda kul rang Matiz siqib qoʻydi. Quvlab etib, borib toʻxtatdik va u bilan urushib ketdik. Men bosh va yuz qismiga urdim. Ogʻaynim tepdi. Bilmasdan, jahl ustida urvordim. Qilgan ishimizdan afsusdamiz», — deydi haydovchi.

Shu kuni tan jarohat olgan Matiz haydovchisi IIBga murojaat qilgan. Tezkor surishtiruv ishlari boshlanib, kuzatuv kameralari koʻzdan kechirilgach, zoʻravonlar shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Tibbiyot ma'lumotlariga koʻra, jabrlanuvchining pastki jagʻ sohasi hamda 2—3-tishlar siljib sinishi jarohatlari mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Mushtumzoʻr yigitlarga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida «qamoq» jazosi qoʻllanilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Spark yoʻlini toʻsib qoʻygan Matiz haydovchisi kaltaklandi