
Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida yashovchi fuqarolar Toʻpalang daryosi qirgʻogʻidan juda koʻp mis tangalar topib oldi.
Olimlar mazkur ashyolar hozirgacha vatanimiz hududidan topilgan Mirzo Ulugʻbek hukmronligi davrida zarb ettirilgan pul tangalarining eng katta va yaxshi saqlangan xazinasi ekanligini ta'kidlashmoqda.
Qadimiy tangalarning bir tomonida olti qirrali yulduz va olti yaproqli gul zarb qilingan boʻlib, bu hukmdorning buyuk astronom va matematikligi tufayli kiritilgan belgilardir. Shuningdek, tangalarning reversida, ya'ni bet tarafida «Samarqand», «Adliyya» soʻzlari, hijriy 823 (1420 yil), 832 (1428 yil) kabi zarb qilingan yillari aks etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar