15:43 / 08.03.2022
1 384

Moldovadagi o‘zbekistonliklarni olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi

Moldovadagi o‘zbekistonliklarni olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi
Moldova hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 7-8 mart kunlari Ukrainadan Polshaning Katovitse aeroporti orqali 428 nafar O‘zbekiston fuqarosi, shu jumladan 69 nafar ayol, 48 nafar voyaga yetmagan shaxs va 11 nafar chaqaloq olib kelindi.

28 fevraldan 8 martga qadar 21 ta aviareys tashkillashtirildi hamda urush bo‘layotgan joylardan 4 787 nafar o‘zbekistonlik qaytarildi.

Ma’lum qilinishicha, 8 mart kuni yana ikkita reys amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

“Shu bilan birga, Moldova Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi”, deyiladi TIV xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moldovadagi o‘zbekistonliklarni olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlandi