
Oʻzbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 10 mart, payshanba kuni ertalab dollar kursi koʻtarildi.
Bir qator banklarda dollar olish 10 900 - 10 910 soʻmdan, sotish 10 970 soʻmdan taklif etilmoqda. Bu navbatdagi maksimal koʻrsatkich.
Soʻnggi marta banklarda dollar kursi 7 mart, dushanba kuni jiddiy koʻtarilgandi. Oʻshanda 1 AQSh dollarining sotish kursi 10 965 soʻmni tashkil qildi.
9 mart kuni Markaziy bank xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari bugundan kuchga kirdi. Unga koʻra, bir dollar 10 918 soʻm 68 tiyinni tashkil qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!