
Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi ikki nafar shaxs noqonuniy ravishda «radiy» moddasini 50.000 AQSh dollariga sotayotganda ushlandi.
Ma'lum qilinishicha, 2022 yil 5 mart kuni Navoiy viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navbahor tumani IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir jarayonida, Navbahor tumani «Qalqonota» mahallasida joylashgan «Shukrona» toʻyxonasi oldida ikki nafar shaxs 1 dona shisha idishga joylashtirilgan «Radiy Ra 226 02 5» yozuvli 250 gr radioaktiv materialni maxsus xaridorga 50.000 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Holat yuzasidan 2022 yil 5 mart kuni Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 252-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar belgilangan tartibida ushlanganlar.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!