Do‘stlik tuman hokimligi binosi.
Foto: dostlik.jizzax.uz
Jizzaxning Do‘stlik tuman hokimligi mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni ma’lumotni, Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi.
Ixtiyorimizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, hammasi tuman hokimligi qoshidagi ijtimoiy ko‘nikma markazi mutaxassisi O‘.Q. ga nisbatan firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganidan keyin boshlangan. Mazkur jinoyat ishi tergovi jarayonida O‘. Q.ning boshqa qilmishlari ham aniqlangan.
Ya’nikim, u tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari L. S. bilan jinoiy til biriktirib, bir fuqaroga do‘koni qurish uchun «Sanoatchilar» MFY hududidan 0.0072 ga yer maydonini tuman hokimi orqali ajratib berish evaziga 15 million so‘m talab qilib, «xamir uchidan patir» tariqasida 5 million so‘mi qo‘lga kiritishadi.
Bundan tashqari hokim o‘rinbosari tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i V.M. bilan ham jinoiy til biriktirgani aytilmoqda. Ya’nikim, ular fuqarolarning arizasini soxtalashtirgan holda 41 nafar fuqaroga tumanning «Sanoatchilar», «G‘.G‘ulom», «Chinobod» va «Navro‘z» MFYlaridan 5.1 gektar yer maydonini ajratish haqidagi tuman hokimi qarorini chiqarishga erishgan.
Bu hali hammasi emas.
Hokim o‘rinbosari L. S. «Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi» Jizzax viloyat filiali rahbari I.R. bilan jinoiy til biriktirib, tuman hokimning 367-sonli qaroriga ilova qilingan 37 nafar yoshlarga yer maydoni ajratilishi nazarda tutilgan ro‘yxatdan 7 nafarini chiqarib, ularning o‘rniga yer ajratish haqida murojaat qilmagan 11 nafar fuqaroni qo‘shgan holda qaror ilovasini soxtalashtirgani aniqlangan.
Bayon etilmish qilmishlar Jinoyat kodeksidan «guldasta yasashga» yetib ortadi. Shunday bo‘lyapti ham. Ayni paytda tuman hokimligining bir emas, bir necha nafar mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyatlarning bir uchi hokimga borib taqaladimi-yo‘qmi – tergov natijasi ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi