Qaysi preparatlar odatda allergiya chaqiradi va nima uchun buni oldindan bilib bo‘lmaydi? Shifokor allergolog va immunolog Anna Maksimova Sputnik radiosiga bu borada tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Allergiya, ya’ni immunitet tizimining ma’lum moddalarga noodatiy reaksiyasi turli xil bezovta qiluvchi xususiyati bor moddalardan kelib chiqishi mumkin: oziq-ovqat, kosmetika, chang, hayvon junlari, o‘simlik changgi, dori-darmonlar. U yoki bu dorining nomaqbul reaksiyaga olib kelishini oldindan aytish qiyin”,- deydi tibbiyot fanlari nomzodi, allergolog-immunolog Anna Maksimova.
“Dori allergiyasi bilan bog‘liq asosiy qiyinchilik tashxisda, chunki bu dori har qanday nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqarishi haqida mutlaq ishonch bilan ta’kidlangan, aniq dalillarga asoslangan usullar yo‘q",- deydi mutaxassis.
Shifokorning ta’kidlashicha, ambulatoriya sharoitida qo‘llaniladigan an’anaviy testlar faqat o‘tkir, hayot uchun xavfli bo‘lgan allergik reaksiyalarning oldini oladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, dorilar qo‘zg‘atgan reaksiyalar terida toshmalar paydo bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
“Ko‘pincha dori vositalariga allergik ta’sirchanlik reaksiyalarning to‘rtinchi turi, ya’ni hayot uchun xavfli bo‘lmagan, biroq sifatini sezilarli darajada pasayishiga olib keladigan kechikuvchi turdagi o‘ta sezgirlik bilan rivojlanadi. Bular toshmalarning barcha turlarini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, reaksiya darhol paydo bo‘lmasligi yoki dorini iste’mol qilish muddati tugagandan so‘ng paydo bo‘lishi mumkin”, - deydi Anna Maksimova.
Shuningdek, shifokor odatda allergiya qo‘zg‘atadigan preparatlar turlarini ma’lum qildi.
“Ko‘pincha bakteriyalarga qarshi dorilar, masalan, penitsillin yoki aminoglikozid guruhlari preparatlari allergiya qo‘zg‘atadi. Aspirin, ibuprofen kabi steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dorilar ham nomaqbul ta’sirlar keltirib chiqarishi mumkin. Odatda tish shifokorlari ko‘p ishlatadigan mahalliy ishlab chiqarilgan anestezikalar o‘tkir allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Ammo mahalliy anestezikaga nisbatan, yuqori sezuvchanlikni aniqlash uchun ambulatoriya testlaridan o‘tish mumkin. Viruslarga qarshi preparatlar tarkibida, faol moddaga qo‘shimcha ravishda, makkajo‘xori yoki kartoshka kraxmali, oziq-ovqat bo‘yoqlari kabi qo‘shimchalar bo‘ladi. Va ushbu qo‘shimchalar allaqachon allergiya mavjud bo‘lgan insonlarda nomaqbul ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin”, — deydi mutaxassis.
Shifokor turli dorilarni xarid qilishdan oldin yo‘riqnomani diqqat bilan o‘qib chiqishni va agar nomaqbul ta’sirlar kuzatilsa, mutaxassisga murojaat qilishni tavsiya qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”