
Foto: IIB axborot xizmati
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining voqea yuzasidan bergan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 2022 yil 13 mart kuni soat 14:50 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-40 Dashtobod-Zomin-G‘allaorol avtomobil yo‘lining Zomin tumani Dashtobod shahri hududidan o‘tuvchi 2-kilometrida sodir bo‘lgan.
KIA rusumli mashina harakatlanib kelib Nexia 2 mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda, 2 kishi voqea joyida, 6 kishi shifoxonaga yetkazilgandan so‘ng ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.
KIA mashinasi haydovchisi I.A. tan jarohatlari bilan Zomin tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Foto: IIB axborot xizmati
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar