Foto: Kalpak Travel
Fratelli Casa asoschisi Shohrux Qayumov Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining o‘zbek paxtasiga bo‘lgan boykotni bekor qilgani to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Uning aytishicha, o‘zbek paxtasi bu yutuqning ortidan Jahon bozorida yuqori hurmatga ega bo‘ladi.
- 300 dan ortiq jahon brendlari O‘zbekistonda o‘z buyurtmalarini berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bojxona imtiyozlariga erishsak, bizda Yevropaga yanada foydali eksport qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Yevropaliklar uchun O‘zbekistondan buyurtma berish foydaliroq. O‘zbekistondan keladigan logistika Hindistondan ko‘ra ancha arzon, — deydi Shohrux Qayumov.
O‘zbekistondan va Hindistondan keladigan 12 metrlik konteynerning xarajatlari orasidagi farq 7 ming dollargacha bo‘lishi mumkin.
«Bekor qilingan boykot ortidan Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlariga eksportni oshirishimiz va ushbu mamlakatlardan ko‘plab brendlarni mamlakatimizga jalb qilishimiz mumkin», — deya ta’kidlaydi u.
- Agar mashhur brendlar keladigan bo‘lsa, butun dunyo bo‘ylab sotiladigan o‘z dizaynlariga ega bo‘lgan kolleksiyalarga buyurtma berishadi. Bu bizning dizaynerlarimiz uchun ajoyib tajriba bo‘lish bilan birgalikda, ular eng yaxshi dizaynlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishini anglatadi, — deydi mutaxassis.
Bundan tashqari, Qayumovning aytishicha, tikuvchilik sohasida ham qator o‘zgarishlar yuz berishi, o‘zbek tikuvchilari jahon brendlari standartlari asosida tikishni o‘rganishi mumkin. Sifatga intilish natijasida tikuvchilik sohasida ko‘plab laboratoriyalar ochiladi.
- Mahsulotlarimizning narxi ko‘p hollarda Bangladeshnikidan qimmatroq. Bizda professional texnologlar juda kam. Ular brendlardan ishlab chiqarishni yaxshilash va xarajatlarni kamaytirishni o‘rganadi. Bu eksportchilar uchun juda muhim, — deydi u.
Shohrux Qayumov bu kabi buyurtmalar ortidan odamlar talabga javob beradigan o‘z brendlarini ochishni boshlashini, bu esa to‘qimachilik sanoati uchun katta maktab bo‘lishini, va eng muhimi, O‘zbekistonda baza borligini ta’kidlab o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”