07:00 / 15.03.2022
1 698

Endi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga oila qurgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilinadi

Endi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga oila qurgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilinadi
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar qildi.

Qayd etilishicha, qonun bilan oila kodeksida bolalarning tug‘ilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qat’i nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilangan. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilgani to‘g‘risida belgi qo‘yilishiga oid norma chiqarib tashlangan.

Shuningdek, yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda, fuqarolarga uning o‘rniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq bo‘lsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi. Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 apreldan boshlab davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, davlat muassasalari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jismoniy shaxslardan:nikoh qayd etilgani, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini talab qilish bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga oila qurgani to‘g‘risida belgi qo‘yish bekor qilinadi