16:08 / 16.03.2022
1 220

Andijonda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi

Andijonda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Milliy gvardiyaning Andijon viloyat boshqarmasi
Andijon shahridagi bankomatlardan birini buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yilning 12 mart kuni soat 22:50 da Andijon shahar Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan qo‘riqlanayotgan «Hamkorbank» tijorat bankining «Nodirabegim» filialida xizmat olib borayotgan safdor-xodimlar xizmat olib borish davrida filialga qarashli bankomat atrofida shubhali shaxs harakatlanayotganini ko‘rib, zudlik bilan boshqarma monitoring markaziga xabar bergan.

Mazkur xabarga asosan, Andijon shahar Qo‘riqlash bo‘limi qo‘riqlash markazi xodimlari voqea joyiga yetib borib, mazkur bankomatni ochishga uringan shubhali shaxs N.Sh.ni qo‘lga olgan. Andijon shahar ichki ishlar bo‘limiga olib borilgan fuqaro ko‘zdan kechirilganda unda mix sug‘uradigan asbob (gvozdyor) va temir sim (tross) mavjudligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda bankomatni buzib, undagi pullarni o‘g‘irlashga uringan shaxs qo‘lga olindi