
Foto: Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati
Qashqadaryo viloyati IIB JTSB Karantin tadbirlarni ta’minlash bo‘linmasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari «Umakay» YPX maskanida Toshkentga olib ketilayotgan noma’lum hayvon go‘shtini to‘xtatib qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Chiroqchi tuman hududida joylashgan «Umakay» YPX maskanida Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Nexia rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida avtomobil veterinariya-sanitariya talablariga zid ravishda hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan taxminan 900 kilogramm og‘irlikdagi go‘sht mahsulotlari olib ketilayotgani ma’lum bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar