1 225
Shavkat Mirziyoyev: «Hozirgi soliqchilar ikki, uch yoki to‘rt yil avvalgi soliqchilar emas»
Shavkat Mirziyoyev 16 mart kuni Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Bugun sizlar bilan uchrashishdan maqsad – dunyoqarashlaringizni va soliq ma’muriyatidagi islohotlar haqida eshitmoqchiman. Aslida, bu yig‘ilishni tor doirada o‘tkazishimiz mumkin edi. Lekin u yerda Sherzod Kudbiyevning o‘zi va ikki muovini bo‘lar edi. Men esa bu yerda ko‘proq odamlar bilan gaplashmoqchiman. Chunki hozirgi soliqchilar bu — ikki, uch yoki to‘rt yil avvalgi soliqchilar emas, — deydi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari soliq sohasidagi yangiliklarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
So‘nggi 5 yilda biz mutlaqo yangi soliq tizimini yaratdik. 2020 yilda ko‘p muhokamalar bo‘lganda ham biz yangi O‘zbekiston boshlanishiga munosib bo‘lgan yangi Soliq kodeksini qabul qildik. 13 tadan 9 taga soliq turlari kamaytirildi. Osmondan olib qilganimiz yo‘q. Sharoitlardan kelib chiqib qildik. Odamlar qachon bizdan rozi bo‘ladi? Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshsagina, rozi bo‘ladi, — deya qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi