Joriy yilning 16-17 mart kunlari ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Yu.Usmonovaga oid ijro ishi bo‘yicha turli xabarlar tarqatildi.
MIB matbuot xizmatining xabar berishicha, mavjud ijro ishi bo‘yicha fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 29.10.2021 yildagi qarzdor Yu.Usmonovadan undiruvchi Y.Ro‘ziyev foydasiga 50 mln. so‘m ma’naviy zarar uchun kompensatsiya, mazkur da’vo ariza bilan murojaat qilishda to‘langan 1 mln. 80 ming so‘m miqdorida davlat boji, qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh yuz baravari miqdorida (270.000x500=135.000.000) tovon puli, jami 186 mln. 80 ming so‘m va davlat foydasiga 5 mln. 400 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro varaqasiga yuzasidan qarzdor Yu.Usmonovaga nisbatan 2 ta ijro ishi Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limiga 02.02.2022 yilda ijro ishi yurituviga kelib tushgan.
Ushbu ijro ishi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi tomonidan ijro ishi vaqtinchalik to‘xtatilgan edi.
Shundan so‘ng, Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining ajrimi bilan sudning 29.10.2021 yildagi hal qiluv qarori hamda Toshkent shahar sudi fuqarolik hay’atining 18.01.2022 yildagi ajrimi o‘zgarishsiz hamda kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmasligi ko‘rsatilgan.
Shunga asosan, ijro harakatlarini davom ettirish jarayonida zararni ixtiyoriy ravishda qoplash masalasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.
Natijada, jami 195 mln. 384 ming so‘mlik zarar, davlat boji va boshqa to‘lovlar to‘lab berilishi ta’minlandi.
Shuningdek, undirilgan zarar fuqaro Y.Ro‘ziyevning plastik kartochkasiga o‘tkazib berilgan. Shu asosda, ijro hujjati tamomlangan.
Yulduz Usmonova1, Tovon puli1, Davlat boji1, Undirildi1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”