2022 yil 5 mart kuni 16 yoshli G‘.G. Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qiladi.
Unda o‘ziga tegishli bo‘lgan SIM-kartasini yo‘qotib qo‘yganligini, uni topish maqsadida o‘zining telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilganida notanish shaxs ko‘tarib, haqiqatdan ham SIM-karta hozir o‘zida ekanligi va ushbu raqamga ulangan Telegram messenjerini ochib, sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni yuklab olganligini bildirib, ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormasligi uchun 400 ming so‘m pullarni talab qilib kelganligini ma’lum qilib, ushbu shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur arizaga asosan joriy yilning 8 mart kuni tuman IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda tovlamachilik yo‘li bilan G‘.G.dan talab qilayotgan 400 ming so‘m pullardan 200 ming so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, u Qo‘rg‘ontepa tumani Ko‘kbuloq ko‘chasida yashovchi 25 yoshli Q.A. ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksi normalariga ko‘ra, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”