Foto: FVV matbuot xizmati.
Biroz avval Farg‘ona viloyati, Qo‘qon shahridagi «Hazrati Abbos» jome masjidi imom-xatibi Saidkamolxon domla Mahmudov va uning to‘rt nafar oila a’zosi is gazidan vafot etgani xabari tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 21 mart kuni Qo‘qon shahar «Shikorbegi 62-sonli» MFYda 5 nafar fuqarolar vafot etgan. Ushbu xonadon tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Marxumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Ekspertiza natijalari olingandan so‘ng, qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Mutaxassislarning o‘rganishlariga ko‘ra fuqarolar is gazidan zaharlanib vafot etganligi taxmin qilinmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 2022 yil 18 fevral kuni FVB xodimi tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...