22:30 / 22.03.2022
1 403

Namanganda yosh yigit otasining mashinasida YPX xodimini urib qochdi

Namanganda yosh yigit otasining mashinasida YPX xodimini urib qochdi
Namangan shahrida 18 mart kuni otasining mashinasini hujjatlarsiz haydab chiqqan 18 yoshli yigit yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kuni B.S. ismli yigit (2003 yilda tug‘ilgan) haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmay turib, otasiga tegishli «Matiz»da shaharning Amir Temur ko‘chasida svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtamay harakatlangan. Shu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodiming to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, uni mashinaning old qismi bilan urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.

YTHda jarohat olgan inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga yotqizilgan.

Tekshiruv harakatlari natijasida ushbu shaxs mashinani ustaxonaga olib kelgan vaqtida qo‘lga olingan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda yosh yigit otasining mashinasida YPX xodimini urib qochdi