1 132
Samarqandda internet orqali biznes qilish niqobi ostida faoliyat yuritgan shaxslar aniqlandi
Foto: Shutterstock
Internet tarmog‘i orqali biznes qilish niqobi ostida faoliyat yuritgan korxonaning kirdikorlari fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qilmoqda.
Departamentning Samarqand shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va boshqalar “L-N.S.” xususiy korxonasini tashkil etib, fuqarolarni internet tarmog‘i orqali biznes qilishga o‘rgatish niqobi ostida faoliyat yuritishgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, bu shaxslar fuqarolarga va’da qilingan mahsulotlarni yetkazib bermasdan yoki chet elga turistik sayohatlarni tashkil etmasdan jami 110 nafar fuqaroning 29 148 AQSH dollari va 349,1 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 188-1-moddasi (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi