Samarqandda yo‘l-transport hodisasi natijasida Nexia-2 yonib ketdi

Samarqandda yo‘l-transport hodisasi natijasida Nexia-2 yonib ketdi
2022 yil 25 mart kuni soat 14:30 larda, Pastdarg‘om tumani, Paxtakor MFY hududidan o‘tgan «Samarqand-Kattaqo‘rg‘on» avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi F.Ye. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-3 rusumli hamda haydovchi A.X. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan. Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Haydovchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda ushbu YTH yuzasidan tuman IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar