Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda noma’lum erkak 7 yoshli qizchaga nisbatan uyatsiz harakatlar qilgani, qizchaning otasi kelib qolganidan keyin qochib ketgani haqida video tarqaldi.
Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, joriy yilning 28 mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 1985 yil tug‘ilgan shaxs IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2022 yil 27 mart kuni soat taxminan 16:30 atrofida voyaga yetmagan 2015 yilda tug‘ilgan qizi yashash uyidan pastga tushayotgan vaqtida kirish yo‘lagi eshigi yonida noma’lum shaxs uyatsiz harakatlar qilib turganligini ko‘rganini ma’lum qilib, ushbu noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Gumonlanuvchi: yoshi taxminan 40-45 yoshlarda rus millatiga mansub, bo‘yi taxminan 165-170 sm, egnida qora rangli o‘ng qo‘lida oq yozuvli sport kiyimi, yuzida tibbiy niqob bo‘lgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO huzuridagi TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi