Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 29 mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga tashrif buyurdi.
Erdo‘g‘an va uning rafiqasini Toshkent xalqaro aeroportida prezident Mirziyoyev va uning rafiqasi kutib oldi.
Tashrif “Yangi O‘zbekiston” bog‘i bilan tanishishdan boshlandi. Martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Shundan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida oliy darajadagi O‘zbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashining 2-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Sammit yakunida qo‘shma bayonot va qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Erdo‘g‘anning 2018 yildagi Toshkentga tashrifi vaqtida O‘zbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashi tuzishga kelishib olingan edi. Kengashning ilk yig‘ilishi 2020 yilda Anqarada bo‘lib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi