18:51 / 31.03.2022
1 150

Prezident Respublika shtabiga to‘rtta topshiriq berdi

Prezident Respublika shtabiga to‘rtta topshiriq berdi
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda. Ko‘rsatilgan tezkor amaliy yordam sababli bozorlarda go‘sht, sut, kartoshka, tuxum, guruch narxlari barqarorligi saqlanmoqda. «Demak, harakat qilsak, albatta natija bo‘ladi», dedi Prezident.

Davlat rahbari Respublika shtabiga quyidagilarni topshirdi:

- zarur oziq-ovqat mahsulotlari importi uchun avval berilgan 500 milliard so‘m imtiyozli resurslarning qaytarish muddati yil yakuniga qadar uzaytirilsin;

- bir hafta muddatda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi barcha tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning yuzaga kelgan muammolarini kundalik hal etish tizimi joriy etilsin;

- birja savdolarida oziq-ovqat va xom ashyoning to‘liq qo‘yilishi ustidan kunlik nazorat o‘rnatsin va sun’iy ravishda narx oshishining oldini olish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rib borsin;

- uch kun muddatda shakar, un, yog‘, go‘sht, choy, bolalar ovqatlari, sut mahsulotlari kabi oziq-ovqat mahsulotlari importiga aksiz solig‘i va bojxona bojlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha asoslangan taklif kiritsin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Respublika shtabiga to‘rtta topshiriq berdi