10:02 / 02.04.2022
2 157

«Zakovat»chi va jurnalist Abbos Salaydinov «samosud»ga uchradi

«Zakovat»chi va jurnalist Abbos Salaydinov «samosud»ga uchradi
Bu haqida u o‘zining feysbuk sahifasida barcha tafsilotlarni yozib qoldirgan.

Abbosning qayd etishicha, Termiz shahridagi dorixonadan xarid chekini so‘ragan va chek berilmagach, soliq idoralariga xabar berishini aytgani ortidan dorixona egasi va sotuvchilari tomonidan do‘pposlangan, bir soat omborxonaga qamab qo‘yilib tazyiq va bosim o‘tkazilgan, yaqinlariga tajovuz qilinishi bilan tahdid qilingan.

Holatga o‘z munosabatini bildirgan bloger Shahnoza Soatova «21-asrda O‘zbekistonda bo‘lib turgan varvarlikni ta’riflashga til ojiz», deb baholaydi.

«Albatta, voqea o‘rganilyapti. Lekin bu tafsilotlarni o‘qigandayoq paydo bo‘lgan xayollar odamni tushkunlikka tushiradi.

Birinchidan, qonunga hamma tupurgan va undan hech kim qo‘rqmaydi. Ko‘cha “ponyatkalari” “rulit”. Nima ham deymiz, hatto taniqli deputatlar “kozel” so‘zini istiholasiz ishlatib turganda...

Ikkinchidan, atrofdagilarning qonunsizlikka va zo‘ravonlikka befarqligi, hatto xayrixohligi. Ochig‘i, bunaqa jamiyatda yashash, ertaga bolalaringning yashashini o‘ylash tushkunlikka soladi.

Uchinchidan, tizimli muammolar. Ular har doimgidek ayon, ammo e’tibor markazida emas. Birovga imtiyoz va pereferensiyalar berilgan, monopoliyalar yayrab yashnab yotgan sharoitda, boshqa birov soliq to‘lagisi kelmasligi, g‘irrom g‘irromdan suv ichib “ko‘karishi”, munosabatlar bundan keyin battar yovvoyilashib ketishini o‘ylab siqilasan. Xalq bir-biri bilan olishib yotganda, kimdir “soqqani bosyapti”.

Abbos tegishli organlarga xabar bergan, jarayonni kuzatamiz
», deb yozadi Shahnoza Soatova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Zakovat»chi va jurnalist Abbos Salaydinov «samosud»ga uchradi