1 208
Surxondaryoda «azart»ga berilib o‘zgalar pulini o‘yinga tikkan Xalq banki kassiri ushlandi
Uzun tumanida fuqarolarning pensiya va nafaqa pullarini «1Xbet» onlayn o‘yinlariga ishlatib o‘zlashtirgan bank kassiri ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan AT «Xalq banki» Uzun filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, filialning 2-son sayyor kassasi kassiri A.A. joriy yilning fevral-mart oylarida o‘ziga biriktirilgan hududda 278 nafar fuqaroga naqd pul ko‘rinishida chiqarilgan jami 121,1 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini ularning nomidan soxta imzolar qo‘yish orqali o‘zlashtirib, ushbu pullarni internet tarmog‘idagi «1Xbet» onlayn kazino o‘yinlariga ishlatib, talon-toroj qilganligi aniqlanadi. Tekshiruv davomida departament aralashuvi bilan 117 mln so‘m qaytarilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Yaponlar qishda uylarini qanday isitadilar?
AQSH va Rossiya Isroil hamda “Hizbulloh” o‘rtasidagi kelishuvda vositachi bo‘ladi
Andijonda Tez tibbiy yordam markazi direktor o‘rinbosari o‘z ishiga tiklandi
Tramp AQSH bosh prokurori lavozimiga kongressmen Gets nomzodini ilgari surdi