11:32 / 03.04.2022
1 188

DXX qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritgan guruhni fosh qildi

DXX qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritgan guruhni fosh qildi
DXX chirchiqlik fuqaroni Buxoroga borib, 10 mln. 100 ming so‘m miqdoridagi qalbaki milliy valyutani 600 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga oldi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi, Gulistonda yashovchi shaxsni 600 AQSH dollarini qabul qilib olgan vaqtida ushladi hamda uyida 2 mln. 150 ming so‘m miqdorida qalbaki banknotlar borligini aniqladi.

Surishtiruv davomida pullar aslida Andijon shahrida tayyorlanishi ma’lum bo‘ldi.

Dastlab Andijonda yashovchi shaxs o‘zining «Damas»ida 3 mln. 200 ming so‘m miqdoridagi 64 dona 50 ming so‘mlik qalbaki banknotlarni olib ketayotganda ushlandi.

So‘ngra bu pullarni tayyorlovchi yana bir fuqaroning uyidan pul tayyorlashda kerak bo‘ladigan buyumlar hamda 14 mln. 550 ming so‘m miqdoridagi qalbaki pullar topildi.

Jinoiy guruh shu vaqtgacha jami 300 mln. so‘mdan ortiq qalbaki pullarni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida muomalaga kiritishga ulgurgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX qalbaki pul tayyorlab, muomalaga kiritgan guruhni fosh qildi