
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi masjidda o‘g‘rilik sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2 aprel kuni Kosonsoy tumanida yashovchi fuqaro (1958 yilda tug‘ilgan) IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda shu kuni soat 20:00 larda «Jomiy» mahallasida joylashgan «A’loxon Mahdum» jome masjidi tahoratxonasiga tahorat qilish uchun kirib, egnida bo‘lgan kurtkasini ilgichga ilib qo‘ygan vaqtida noma’lum shaxs kurtkasi va cho‘ntagida bo‘lgan narxi 1 million so‘mlik telefon apparatini, 2 dona bank plastik kartochkalarini o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan. Fuqaro qoidabuzar shaxsga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlangan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan ViloyatiKosonsoy TumaniO‘g‘rilikJomiy MahallasiAloxon MahdumIIB O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar