Foto: O‘zA
Vazirlar Mahkamasining «Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzuridagi Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti Oila va xotin-qizlar ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etilgan hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tuzilmasiga o‘tkazilgan.
Belgilanishicha, institut oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash faoliyatini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi hamda tashkiliy-huquqiy shakliga ko‘ra davlat muassasasi hisoblanadi.
Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, ular huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda ishtirok etish, fanlararo fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
- oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlash, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan konseptsiyalarni, kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqish ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish;
- oilaning tarbiyaviy-ta’lim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va farovonlik darajasini oshirish ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
- oilaviy zo‘ravonlik kelib chiqishi hamda xotin-qizlarning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolish omil va sabablarini chuqur o‘rganish, ularga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tizimini takomillashtirish, oilalar ijtimoiy-demografik holati bo‘yicha tahliliy materiallar va ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash;
- oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, oila va xotin-qizlar muammolarini o‘z vaqtida manzilli aniqlash va hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish;
- oilalar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasidagi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan konferensiyalar, seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, sohada yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlar kasbiy darajasini doimiy oshirib borish;
- o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha respublikadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshirish, xorijiy mamlakatlar ilg‘or ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish;
- ommaviy axborot vositalarida, televideniye va internet jahon axborot tarmog‘ida ilmiy tadqiqotlar natijalarini keng yoritish, shuningdek, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirishda ishtirok etish.
Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
- davlat budjeti mablag‘lari (xodimlar mehnatiga haq to‘lash, binolar va inshootlarni saqlash xarajatlarini moliyalashtirish hamda ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun);
- ilmiy faoliyatga oid dasturlarni amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar natijalari bo‘yicha ajratiladigan davlat budjeti mablag‘lari;
- Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari mablag‘lari;
- Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari (institutda bajariladigan ilmiy-amaliy loyihalar, ilmiy va uslubiy adabiyotlar, tarqatma materiallarni nashr qilish, muassasaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash va institutga yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun);
- xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlar grantlari;
- respublika ilmiy-tadqiqot loyihalari grantlari;
- xo‘jalik faoliyatidan hamda shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazishdan tushadigan tushumlar;
- qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Belgilanishicha, institut direktori bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi tavsiyasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
- Institut xodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalari tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi;
- Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Istiqlol ko‘chasi, 51-uy manzilidagi bino b-korpusi 2-3-qavatlarini institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi