
Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi
Toshkent shahrida namunaviy loyiha asosida yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2022 yilning birinchi choragida namunaviy loyihalar asosida 14 ta avtobus bekatlari rekonstruksiya qilingan.
Poytaxt transport boshqarmasiga ko‘ra, bu O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining ijrosiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Bundan oldin Toshkentda avtobus oraliq bekatlari namunaviy dizayn asosida tashkil etilishi xabar berilgandi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan.
Hujjatda Toshkent shahrida avtobus bekatlari namunaviy loyihasini yo‘lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda mazkur bekatlar joylashtiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’ektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
ToshkentYangi BekatlarAvtobus LoyihaJamoat TransportiRekonstruksiya QilinganAholining Imkoniyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar