23:30 / 09.04.2022
3 183

SamDU rektori prezidentga ta’limdagi kamchiliklarni birma-bir sanab berdi

SamDU rektori prezidentga ta’limdagi kamchiliklarni birma-bir sanab berdi
Shavkat Mirziyoyev raisligida 5 aprel kuni xalq ta’limidagi ishlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Samarqand davlat universiteti rektori prezidentga tizimdagi muammolarni birma-bir sanab berdi. Bu «O‘zbekiston 24» telekanalining «Menimcha» ko‘rsatuvida namoyish qilindi.

«Samarqand viloyatini maktablarini o‘rgandik. 57 ming o‘qituvchidan kamida yarimi universitetda o‘qimagan, chala o‘qigan menga o‘xshagan rektor yolg‘ondan diplom berib yuborgan. Ko‘pchiligi yolg‘on diplom bilan maktabga borgan.

O‘qituvchilardan yozma imtihon oldik. Ularning 50–60 foizi o‘zi o‘tadigan fandan bahosi — ikki. Qolgani o‘ziga yarasha – uch, to‘rt, beshligi juda oz. Shuning uchun biz o‘z fanidan kuchli bo‘lgan o‘qituvchilar malakasiz hamkasblarini o‘qitishi kerakligi haqidagi qarorga keldik.

Ko‘p yolg‘onlar bartaraf etilyapti, lekin ayrimlari davom etyapti. Muallimga toifa berish – yolg‘on, malaka oshirish tizimi – yolg‘on, nima qilayotganini ularning o‘zi ham bilmaydi. Ilgari bir oylik malaka oshirish tizimi bor edi. 4–5 yil universitetda o‘qimagan odamga qanday qilib bir oyda bilmagan fanini o‘rgatish mumkin? Mumkin emas bu
».

Muammolarni ketma-ket sanab bu borada o‘ziga xos yechim taklif qilgan professor, gapining oxirida prezidentdan uzr so‘rab qo‘ydi.

«Ming bor uzr, ko‘p gapirib yuborgan bo‘lsam», – deb gapini tugatdi rektor.

Shavkat Mirziyoyev bunga javoban: «Bu ko‘p emas, to‘g‘ri gap, qachonlardir gapirishimiz kerak. Shuning uchun pedagogika bo‘yicha qaror tayyorlanyapti, o‘z takliflaringizni berasiz», – dedi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » SamDU rektori prezidentga ta’limdagi kamchiliklarni birma-bir sanab berdi