
Ma’lum qilinishicha, 1 mayidan boshlab kuzatuv kengashi a’zolaridan iborat bir qator qo‘mitalar — Strategiya va investitsiyalar qo‘mitasi, Audit qo‘mitasi, Tayinlovlar va haq to‘lash qo‘mitasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish va etika qo‘mitasi tashkil etiladi.
Bu haqda prezidentning «Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida»gi farmonida aytilgan.
Shuningdek, farmonga muvofiq davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligini, mas’uliyati va javobgarligini oshirish maqsadida 2022 yil 1 apreldan keyin ijro organi rahbari sifatida tayinlangan (qayta tayinlangan) shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq ijro organi rahbari bo‘lishi mumkin emasligi belgilandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar