Toshkent viloyatida «dollarchilar» qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida «dollarchilar» qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqarolar R.Q. va L.S.lar oldindan til biriktirib boshqa bir fuqaro S.ga 11 000 AQSH dollarini jami 125,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar