12:43 / 12.04.2022
2 956

Bo‘yinga mas'h tortish mo‘’jizasi

Bo‘yinga mas'h tortish mo‘’jizasi
Baxtiyor va saodatmand ummatmiz! Har bir amalimiz o‘zimiz uchun manfaatli bo‘lishi barobarida, ularni bajarib ham savob olamiz, ham sog‘ligimizni tiklaymiz.

Yaqin do‘stlarimdan biri Fransiyaga safari asnosida sodir bo‘lgan bir voqeani hikoya qilib berdi.

Fransiyaga safarimiz davomida bir kuni odatdagidek namoz o‘qish uchun tahorat olishga kirishdim. Ortimdan kimdir meni kuzatayotganini sezdim. Yaxshilikka yo‘yib, tahorat olaverdim. Tahorat olib bo‘lganimdan so‘ng u meni chaqirib:

— Kimsan? — deb so‘radi. Men unga:
— Musulmonman, — dedim. U:

— Qayerdan kelding? dedi. Men:
— Pokistondan keldim, dedim. U yana kutilmagan bir savol bilan meni ajablantirdi:

— Pokistonda nechta jinnixona borligini bilasanmi? — dedi. Bu g‘aroyib savol bo‘lgani uchun men hayajondan:
— Bilmayman, — dedim. U:

— Hozir sen nima qilding? — deb so‘radi. Men:
— Tahorat oldim —, dedim. U:

— Bu ishni har kun qilasanmi? — dedi. Men:
— Bir kecha-kunduzda besh mahal qilaman, — dedim. U esa o‘ziga-o‘zi “oh, qarang-a” dedi-da, savol berishni to‘xtatdi. Men undan:

— Bu narsalarni so‘rashingdan maqsading nima? — dedim. U:
— Men shu yerdagi aqli zaif kishilar uchun ixtisoslashgan gospitalda jarroh bo‘lib ishlayman. “Odamlarning aqli nega zaiflashadi?” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bordim va shunga amin bo‘ldimki, inson miyasidan butun jismga xabar yetib turadi, jismimiz signalni qabul qilgandan so‘ng o‘z faoliyatini boshlaydi.

Miyamizda bir necha nozik tomirlar bor. Ular bo‘ynimiz orqali butun jismimizga tarqab ketgan. Shuni aniqladimki, insonning sochi qancha uzun bo‘lsa, bo‘yinning orqa qismi shuncha quruqlashib boraveradi va tomirlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi. Tomirlar quruqlashgan sari tortila boshlaydi. Oqibatda inson miyasi ishlamay qolishi mumkin. Biz doktorlar chuqur izlanib, inson har kuni kamida to‘rt mahal bo‘yinning orqa qismini ho‘llab turishi zarur, degan xulosaga keldik. Men bugun sening yuz-qo‘lingni yuvganingdan so‘ng bo‘yning ortiga ham suv yetkazganingni ko‘rib hayratda qoldim. Sen kabi yuvingan inson hargiz aqli zaif bo‘lmaydi, degan xulosaga keldim.

Darhaqiqat, Islom buyurgan hech bir amal behuda emas. Vaqt o‘tgan sayin ilohiy mo‘’jizaligi, bashariyat uchun koni foyda ekani ayon bo‘lmoqda. Birgina mustahab amal — bo‘yinga mas'h tortishda shuncha foyda bor ekan. Endi bir sunnat, vojib va farzlarni ko‘z oldingizga keltiring!?

Qanchalik baxtiyor va saodatmand ummatmiz! Har bir amalimiz o‘zimiz uchun manfaatli bo‘lishi barobarida, ularni bajarib ham savob olamiz, ham sog‘ligimizni tiklaymiz.

Manba: Vakillik.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘yinga mas'h tortish mo‘’jizasi