12:15 / 15.04.2022
1 749

Prokuratura: Qarshi shahrining amaldagi va sobiq hokimlari qamoqqa olinmagan

Prokuratura: Qarshi shahrining amaldagi va sobiq hokimlari qamoqqa olinmagan
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi Qarshining amaldagi hokimi Normo‘min Xolboyev va sobiq hokimi Jamshid Fozilov ayblanuvchi sifatida jalb qilingani va qamoqqa olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrining sobiq va amaldagi hokimlari ayblanib, qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi. Qashqadaryo viloyati prokuraturasi mazkur xabarlar yuzasidan raddiya berdi.

Raddiyada ma’lum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan yer talon-torojliklari holatlari bo‘yicha xizmat soxtakorligiga yo‘l qo‘ygan kadastr, qurilish bo‘limi, shahar hokimligi sobiq yuristlari – jami 7 nafar shaxs Jinoyat kodeksining 205, 206, 209, 229-4-moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Qarshi shahrining sobiq hokimi Jamshid Fozilov va amaldagi hokim Normo‘min Xolboyev ayblanuvchi sifatida jalb qilinmagan.

Ma’lumot uchun, Jamshid Fozilov 2019 yil oktabr oyida Qarshi shahar hokimi lavozimidan olingan va o‘rniga Kasbi tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Normo‘min Xolboyev tayinlangandi.

Jamshid Fozilov Qarshi shahri hokimi vazifasida ishlagan davrida OAVda bir necha marta tadbirkorlarga nisbatan adolatsiz qarorlari uchun tanqidga uchragandi. Jumladan, u Qarshi shahridagi Markaziy dehqon bozorida “snos” masalalari va Yerqo‘rg‘on bozorlarida noqonuniy qurilishlar tufayli tanqid qilingandi.

2018 yil 14 dekabr kuni Qarshi shahrida o‘tkazilgan yig‘ilishda prezident tomonidan shahar rahbariyati tanqid qilingandi. Jumladan, Qarshi shahar «to‘rtligi» (hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI boshlig‘i)ga jiddiy ogohlantirish berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prokuratura: Qarshi shahrining amaldagi va sobiq hokimlari qamoqqa olinmagan