Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilish yakunida ajratilayotgan mablag‘larni kerakli loyihalarga yo‘naltirish zarurligi haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar qildi.
"Yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman.
Bugungi selektor doirasida tadbirkorlik uchun juda katta kredit mablag‘lar — qo‘shimcha 500 million dollar ajratilmoqda. Nima uchun? Chunki, qanchalik qiyin bo‘lmasin, hozirgi murakkab vaziyatda xalqimiz farovonligini, davlatimizning barqaror rivojlanishini o‘ylashimiz shart. Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli. Mablag‘lar faqat va faqat o‘zini oqlaydigan, odamlarning daromadini oshiradigan va ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlarini qat’iy ogohlantirmoqchiman. Ushbu rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi. Byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmaydi, aybdorlar so‘zsiz javobgarlikka tortiladi", — deydi prezident yig‘ilish yakunida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"