1 811
O‘zbekiston Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lini boshqarish huquqini afg‘onlarga berdi
Hayraton — Mozori-Sharif temir yo‘li boshqaruvi 10 maydan Afg‘oniston tomoniga o‘tadi. Bu haqda "Afg‘oniston temir yo‘llari" direktori Baxt ar-Rahmon Sharafat ma’lum qildi, deya yozadi Sputnik.
Hozir bu temir yo‘lni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaradi. Biroq yangi shartnomaga ko‘ra, barcha temir yo‘llarga texnik xizmat ko‘rsatish majburiyatlari, jumladan, daromadlarni yig‘ish, texnik xizmat va boshqarish “Afg‘oniston temir yo‘llari”ga o‘tadi.
O‘zbekiston kompaniyasi "Hayraton — Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasini boshqarish bo‘yicha shartnomaga ko‘ra yiliga 18 mln dollar olib kelayotgan edi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati sho‘ba korxonasi "So‘g‘diyona Trans" 2011 yil dekabrida Afg‘onistondagi "Hayraton — Mozori-Sharif" temir yo‘l liniyasini boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi 2010 yil noyabr oyida 129 mln dollarlik 75 km uzunlikdagi liniya qurilishini yakunladi.
Afg‘oniston importining qariyb yarmi, shuningdek, gumanitar yuklarning salmoqli qismi Hayraton porti orqali o‘tadi. Bu temir yo‘lning foydalanishga topshirilishi yuk tashish hajmini sezilarli darajada oshirgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi