Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Sirdaryo viloyat hududidagi «Sirdaryo» YPX maskanida 11 aprel kuni hech qanday hujjatlarsiz olib ketilayotgan go‘sht mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati IIB hamda viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari tadbir o‘tkazgan. Tadbir davomida Qashqadaryo—Toshkent yo‘nalishida harakatlanib o‘tayotgan Nexia-1 avtotransport vositasi xolislar ishtirokida to‘xtatilib tekshirilgan. Natijada Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Torjilg‘a qishlog‘ida yashovchi fuqaro E.Sh (1986 yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi avtotransport yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan 446 kilogramm hayvon go‘shti borligi aniqlangan.
Ushbu go‘sht mahsulotlari viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markaziga olib kelingan. Laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkazilganda, iste’molga yaroqsiz ekani ma’lum bo‘lgan. Iste’molga yaroqsizligi to‘g‘risida laboratoriya xulosalari olingan.
Mahsulotlar viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasining tegishli xulosasiga asosan ko‘mish yo‘li bilan yo‘q qilingan. Fuqaro E.Sh boshqaruvidagi avtotransport vositasi tegishli tartibda qonuniy chora ko‘rish uchun jarima maydoniga qo‘yilgan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan mas’ul xodimlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi