Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Toshkent viloyati Toshkent tumanida xonadonda noqonuniy holda sher bolasi saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, 16 aprel kuni Toshkent tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limiga Toshkent tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi murojaat qilgan. U shu tumanda yashovchi fuqaro o‘zi yashayotgan uy hovlisida xavfsizlik qoidalariga amal qilmay Afrika sherining bolasini boqayotgani haqida xabar bergan.
Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi
Murojaatga asosan, tezkorlik bilan guruh shakllantirilib, aytilgan manzilda o‘rganish olib borilgan. Natijada holat o‘z tasdig‘ini topgan. Ushbu uyda vaqtincha yashovchi, poytaxtda doimiy ro‘yxatda turgan fuqaro Sh.A. (2004 yilda tug‘ilgan) Afrika sherining bolasini boqayotgani ma’lum bo‘lgan. O‘rganishlar davomida fuqarodan ushbu sher bolasini olib kelish, saqlash kabi holatlar bo‘yicha kerakli hujjatlar so‘ralganda, hech qanday hujjatlari yo‘qligini aytib, o‘zining qiziqishi tufayli hovlisida boqishini bildirgan.
Holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, dalolatnomalar tuzilgan. Sher bolasi sud qarori qabul qilinguniga qadar vaqtincha saqlash uchun pitomnikka topshirilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Britaniya muzeyi mamlakat tarixidagi eng qimmat sovg‘aga ega bo‘ladi