957
Kamoliddin Rabbimov: 15 sutkalik qamoq jazosi apellyatsiyadan keyin jarima jazosiga o‘zgartirildi
Kamoliddin Rabbimov xizmat vazifasini bajarayotgan xodimlarning faoliyatiga asossiz aralashgani sabab hibsga olingani hamda unga nisbatan jarima jazosi qo‘llanilgani haqida xabar berilgandi. Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati bo‘lib o‘tgan sud haqida ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 18 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida Kamoliddin Rabbimov (1977 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan) va Sh. Samandarov (1997 yilda Xatirchi tumanida tug‘ilgan)ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.
Aniqlanishicha, 2022 yil 17 aprel kuni Kamoliddin Rabbimov va Sh.Samandarov Toshkent savdo markazi (Shayxontohur tumani) oldidagi jamoat joyida shovqin qilib turishgan vaqtda shu yerda xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari kelib, ularning shaxsini aniqlash maqsadida IIB binosiga taklif qilishganda, ularga qarshilik ko‘rsatib, ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, ularni omma oldida haqorat qilishgan.
Huquqbuzarlar Kamoliddin Rabbimov va Sh. Samandarovning harakatlari ishda mavjud to‘plangan dalillar, jabrlanuvchi Z. Tursunovning arizasi, guvohlarning tushuntirish xatlari va boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.
Sudning qaroriga ko‘ra, Kamoliddin Rabbimov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi va 195-moddasi (ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish)da nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan uzil-kesil 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Sh. Samandarov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 194-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Ushbu qaror ustidan Kamoliddin Rabbimov tomonidan keltirilgan apellatsiya shikoyati Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ko‘rib chiqilib, 2022 yil 18 apreldagi jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudining Kamoliddin Rabbimovga nisbatan chiqarilgan qarori o‘zgartirilgan.
Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 18 apreldagi qarori bilan Kamoliddin Rabbimovga uzil-kesil bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlanib, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilgan. Qarorning qolgan qismi o‘zgarishsiz qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi