11:54 / 19.04.2022
1 100

Fermer xo‘jaligiga transformator o‘rnatib berish uchun 40 mln so‘m olganlar ushlandi

Fermer xo‘jaligiga transformator o‘rnatib berish uchun 40 mln so‘m olganlar ushlandi
Andijon viloyati Asaka tumanida fermer xo‘jaligiga transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs va yetakchi mutaxassis ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Asaka tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.M. «X.Sh.» fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi B.ning ishonchiga kirib, «O‘zenergoinspeksiya» bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali xo‘jalikka qarashli bog‘ hududiga quvvati 100 KvA bo‘lgan transformator o‘rnatib berishni aytgani aniqlangan. U evaziga 40 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan,

Uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda «O‘zenergoinspeksiya»ning Andijon hududiy bo‘limi yetakchi mutaxassisi F.S. bog‘ hududiga transformatorni ulash, hujjatlarni rasmiylashtirish va ruxsat olib berish evaziga 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fermer xo‘jaligiga transformator o‘rnatib berish uchun 40 mln so‘m olganlar ushlandi