Foto: iStock
O‘zbekistonda noqonuniy sportga pul tikish hajmi yiliga 350 million dollarga baholasa bo‘ladi. Bu haqda mediamenejer va futbol funksioneri G‘ayrat Xasbiullin Alter Ego dasturida xabar berdi.
- Taxminan, 10 million dollarga adashayotgan bo‘lishim mumkin. Bu ishlaydigan qora bozor. Mamlakat hududida faoliyati taqiqlanganiga qaramasdan, unda katta pullar aylanyapti, – dedi u.
Xasbiullinning ta’kidlashicha, O‘zbekiston bu bozorni butunlay taqiqlay olmaydi, chunki bu cheklovni dunyo miqyosida amalga oshirishning iloji yo‘q.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda bukmekerlar o‘z faoliyatlari qonuniylashtirilishidan manfaatdor, soliq to‘lashga va qonuniy ishlashga tayyor. Ammo bunda onlayn kazino va sportga pul tikish o‘rtasidagi farqni anglash kerak.
- Onlayn kazinolar — bu firibgarlik. Chunki siz kazinoni mag‘lub eta olmaysiz. U onlayn bo‘lganligi sababli algoritmlar asosida tuzilgan. Shu tufayli shaxsan men ularga ishonmayman. Sportga pul tikish esa maydondagi natijaga bog‘liq. Agar siz futbolni yaxshi bilsangiz, g‘alaba qozonishingiz mumkin. Men buni zararli deb hisoblamayman, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bukmekerlik kompaniyalari marketingga katta mablag‘ sarflashadi.
Xasbiullinga ko‘ra, bunday kompaniyalar topgan pulning 10-15 foizi reklamaga sarflanadi. O‘zbekiston ularga faqat sport musobaqalari vaqtida inshootlarda reklama qo‘yish imkonini berish orqali sportga pul jalb qilishimiz mumkin. Bu orqali bukmekerlar har yili, taxminan, 35 million dollar mablag‘ni sportga yo‘naltiradi.
- Bu mablag‘ning yarmi futbol uchun ajratiladi. Chunki ko‘pchiligimiz futbolni yaxshi ko‘ramiz. Keling, ishonch hosil qilaylik, agar klub bukmekerlik kompaniyalaridan pul olsa, u faqat bolalar futbol akademiyasini moliyalashtirishga sarflanishi mumkin. Bu yaxshi sarmoya bo‘ladi, – dedi ekspert. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi