21:14 / 19.04.2022
1 297

«Yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas» — Shavkat Mirziyoyev

«Yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas» — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda hunarmandchilik, tikuvchilik, kosibchilik, qandolatchilik kabi uy sharoitidagi kichik ishlab chiqarish loyihalarini mahallaning o‘zida kengaytirish kerakligi ta’kidlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu munosabat bilan bir oy muddatda sanoat, hunarmandchilik va kasanachilik mikro markazlarini 700 ta ixtisoslashgan mahallada tashkil etish ishlarini boshlash bo‘yicha topshiriq berilgan. Bu markazlarning 70 tasi ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan mahallalarda ochilishi zarur. Ushbu markazlardan 5 yil muddatda yer va mol-mulk solig‘i undirilmaydi.

Joriy yilda bu maqsadlarga 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi, ushbu sanoat markazlari orqali 50 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.

Shuningdek, yil boshidan buyon hokim yordamchilari tomonidan 5 mingga yaqin bo‘sh binolar aniqlangan. Hokim yordamchilari aniqlagan bo‘sh bino-inshootlarni sotish, ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar ushbu mahallaning infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanishi belgilangan.

«Umuman, yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas», — degan prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Yil yakuniga qadar bo‘sh bino qolishi kerak emas» — Shavkat Mirziyoyev