Davlatimiz rahbarining tegishli farmon va qaroriga ko‘ra, Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilib, joylarda byuroning viloyat boshqarmalari va tuman bo‘limlari samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur sohada malakali kadrlarni tanlash va ularni ish bilan ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib kelinayapti.
Majburiy ijro byurosini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va Byuroda faoliyat olib borayotgan xodimlar zimmasiga yuklatilgan vazifalar, qaysi mutaxassisliklarga ega bo‘lgan kishilar bu tizimga ishga kirishlari mumkinligi ko‘pchilik fuqarolarni qiziqtirishi tabiiy albatta. Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda byuroning asosiy, ya’ni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijrosini ta’minlash, surishtiruv va tezkor qidiruv faoliyatini amalga oshirish kabi vazifalari xususida yoshlarga batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuvda talabalarga Davlat ijrochilarining vazifalari, ishga qabul qilish, darajali unvonlar, ijtimoiy muhofaza va kasb odobnomasi kabi bir qator masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, ushbu dargohda ta’lim olayotgan yoshlar kelgusida turli jabhalarda xususan byuro tizimida faoliyat olib borishlari mumkin. Bu kabi tadbirlar esa ularning nazariy bilimlarni puxta o‘zlashtirishlari barobarida kasb etikasi va odobini ham qunt bilan o‘rganib borishlariga zamin yaratadi.
Shuni e’tirof etish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga muvofiq Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot va boshqa sohalarda oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumotli, sog‘lig‘iga ko‘ra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan, zarur kasb-kor va ma’naviy fazilatlarga ega O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinishi mumkin. Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilgan uchrashuvda ishtirokchi yoshlar ham Byuroning viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, kerakli javoblarni olishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi