Foto: Eurasianet
AQSHning Eurasianet nashri Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahrida tugatilgan mehribonlik uyining besh nafar tarbiyalanuvchisini kichik bolalar uyi tashkil qilib, asrab olgan Valiyevlar oilasi bilan intervyu tashkil qildi.
Qayd etilishicha, Satkak qishlog‘idagi mahalliy aholi yangi bolalar uyi joylashgan ko‘chani mehribonlik tarbiyalanuvchilariga qarayotgan oila nomi bilan «Valiyevlar ko‘chasi» deb ataydi. Ziyoda Valiyevaning uyiga kelgan besh nafar bolaning barchasi Prezidentning yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar bilan bog‘liq qarori kuchga kirganidan keyin tarqatib yuborilgan Marg‘ilondagi mehribonlik uyidan kelgan.
To‘rt nafar farzandi bor Valiyeva uch o‘g‘il va ikki qizni asrab olish orqali orzusini amalga oshirgan. «Men uzoq vaqt ta’lim tizimida ishladim, mehribonlik uylariga tez-tez borib turdim. Har safar bolalarni ko‘rib yuragim ezilardi. Turmush o‘rtog‘im va bolalarimning ko‘magi tufayli endilikda katta oilaga aylandik», — deydi Valiyeva.
Mehribonlik uylaridan kichik oilaviy bolalar uylariga o‘tish uzoq kutilgandi. Sobiq sovet ittifoqi tomonidan qurilgan, har birida, odatda, yuzdan ortiq bolalar yashaydigan Mehribonlik uylarida zo‘ravonlik ham bo‘lib turgan.
O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilimli insonlar etib tarbiyalash uchun yangi tizim joriy qilinib, unga ko‘ra, Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga Milliy gvardiya zimmasiga yuklandi.
Valiyevlarga ko‘ra, Milliy gvardiyachilar yetim va imkoniyati cheklangan bolalarni asrab olgan uylarni oyiga bir martadan ortiq o‘rganadi. Bunday oilalarga davlat har oyda har bir bola uchun palto, etik, bir juft krossovka va maktab formasi bilan birga 220 dollar ajratadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonning 12 viloyatidan to‘rttasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetti yoshdan to voyaga yetgunga qadar bolalarga xizmat ko‘rsatadigan barcha mehribonlik uylari tugatilgan.
Foto: Eurasianet
UNICEF 2021 yili har 100 000 o‘zbekistonlik boladan 250 nafari qaysidir shaklda muassasa tarbiyasida ekani, bu dunyo bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli ikki baravar ko‘p ekanini ma’lum qilgan. Tashkilot Shavkat Mirziyoyevning 2021 yildagi farmoniga javoban «reintegratsiya jarayoni yaxshi rejalashtirilgan bo‘lishi, bolalar va ularning oilalari butun jarayon davomida qo‘llab-quvvatlanishi kerak»ligini qayd etgan.
Valiyevlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning uyi Farg‘ona viloyatidagi 16 ta yangi bolalar uylaridan biri hisoblanadi. Mahalliy hokimlikning bolalarga g‘amxo‘rlik bo‘yicha mutaxassisi Xurshida Hakimova «mazkur uylarda hech qanday tashvishli hodisa qayd etilmagani»ni aytgan.
Bu fikrni Marg‘ilondagi mehribonlik uyida yashagan, hozir Toshkent shahrida talaba bo‘lgan Shermuhammad Dehqonov tasdiqlaydi. U yetim va boquvchisini yo‘qotgan bolalar duch kelayotgan muammolarni muhokama qilish maydoni sifatida Telegram’da «Mehribonlik uyi» kanaliga asos solgan. Kanalda 200 ga yaqin obunachilar, Milliy gvardiya vakillari, bolalar psixologlari va davlat bolalar uylarining sobiq rezidentlari bor.
«Farg‘ona viloyatida ochilgan bolalar uylariga tez-tez borib turaman. Shaxsan ko‘plab yetimlarni bilaman va aytishim mumkinki, bu yer ular uchun iliqlik baxsh etadi. Ba’zilar allaqachon «onam va dadam» degan muqaddas so‘zlarni o‘rgangan. Davlatning bu masalaga qaratgan e’tibori oldinlari bo‘lmagan», — deydi ota-onasi uch yoshida vafot etgan Dehqonov.
Valiyeva esa uning barcha tarbiyalanuvchilari Marg‘ilondagi Mehribonlik uyida qandaydir jarohatlarni boshdan kechirganini qayd etgan. Hozir Valiyevlar oilasiga Mehribonlik uyidan kelgan bolalari o‘z farzandlari bilan birga maktabga boradi va birga uy yumushlari bilan shug‘ullanadi.
«Ota-onam meni mehribonlik uyiga tashlab ketgan va men ona muhabbati nima ekanini endi tushundim», — deydi 5 nafar bolaning eng kattasi, 13 yoshli Laylo.
Valiyevaning turmush o‘rtog‘i, IT mutaxassis$/EX$i Nabijon Valiyevning aytishicha, tarbiyalashning dastlabki qiyinchiliklari bolalarning rivojlanishini kuzatish quvonchidan ustun keladi. U to‘qqiz yoshdan o‘n bir yoshgacha bo‘lgan uch o‘g‘il sportga ishtiyoqi borligini aytgan. «Ular tergovchi bo‘lishni xohlashadi. Bu Milliy gvardiyachilarning ularda qoldirgan katta taassurotlari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak», — deya qo‘shimcha qilgan Valiyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi