Sirdaryo viloyatida «Nexia-3» mashinasi portlab ketdi

Sirdaryo viloyatida «Nexia-3» mashinasi portlab ketdi
Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
21 aprel kuni Yangiyer shahrida joylashgan «Vatanparvar» tashkiloti binosi ro‘parasida qoldirilgan, «Nexia-3» rusumli avtomobilining gaz ballonida yorilish sodir bo‘lgan.

Natijada, «Nexia-3» rusumli avtomobil butkul yaroqsiz holga kelgan va yonidagi 2 ta avtotransport vositasiga texnik zarar yetgan.

Shuningdek, yaqinida bo‘lgan choyxonaning 10 kv.m maydonda oynasi sinib zararlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.
Sirdaryo viloyatida «Nexia-3» mashinasi portlab ketdi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda viloyat FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar