1 983
Shavkat Mirziyoyev: «Men Murodjon Azimovga Toshkentni ko‘rsatib, hokim qilib olib keldim»
Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga yetib kelib tashrifni Ko‘kdala tumanidan boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Daryo» muxbirining ma’lum qilishicha, bu yerda davlat rahbari tuman faollari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
Shavkat Mirziyoyev uchrashuv davomida Ko‘kdala tumanida maktab, bog‘cha qurish kerakligi, shuningdek, gaz va suvni olib kelish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlagan.
«Bu yerda ham turli quyosh elektr stansiyasi, shamol elektr stansiyalari ochamiz. Yoshlarimiz unda ishlashadi. Mening kelishimdan maqsad — Qashqadaryoni ahlini uyg‘otish», — deydi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyati hokimi haqida ham gapirib o‘tgan. «‘Toshkent ko‘rgan’, degan gap bor-ku. Men ham Murodjon Azimovga Toshkentni ko‘rsatib hokim qilib olib keldim», — deya qayd etgan davlat rahbari
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev viloyatda ikki kun — 21—22 aprel kunlari bo‘ladi. Tashrif doirasida prezident klaster va sanoat korxonalarida, fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari, mahallalardagi o‘zgarishlar bilan tanishadi. Shuningdek, xalq bilan muloqot, viloyat faollari bilan uchrashuv, qishloq xo‘jaligi va sanoat loyihalari taqdimoti ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot