Toshkent shahri Yunusobod tumanida 21 aprel kuni erkak o‘zini 9-qavatdan tashlab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar qildi.
Qayd etilishicha, 21 aprel kuni soat 11:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Bugun sodir etilgan hodisaning aniq sabablarini aniqlash, ish uchun ahamiyatli bo‘lgan iz, dalil va boshqa muhim buyumlar inson ta’siri oqibatida yo‘qolishi yoki shikast yetkazilishining oldini olish maqsadida jinoyat protsessual qonunchiligiga rioya qilgan holda voqea joyi atrofi belgilangan tartibda o‘rab olingan hamda Toshkent shahar prokuraturasi tergov xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilgan.
«Har bir shaxs qonunlarga rioya qilishi, tergovga qadar tekshiruv paytida ushbu jarayon to‘liq, xolis va qonuniy tartibda amalga oshirilishiga to‘sqinlik yoki xalaqit qilmasliklari lozim», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot